Maxsus ehtiyojga ega bo'lgan yo'lovchilar uchun

O‘zbekistondagi 11 ta aeroportning barchasida jismoniy imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur jihozlar mavjud: • harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar avtomobillari uchun alohida to‘xtash joylari; • maxsus zinapoya (yoʻlovchilarni yuqoriga olib chiqish / pastga tushirish uchun); • nogironlar aravachalari; • samolyot bortida harakatlanish uchun tor nogironlar aravachasi; • terminalga kirishdagi pandus; • yoʻlovchilar uchun maxsus hojatxonalar; Terminalga kirish avtomatik eshiklar bilan jihozlangan kirish yoʻlagi orqali amalga oshiriladi. Eshiklarning avtomatik yopilishining kechikishi kamida 5 soniya davom etadi, binoga toʻsiqsiz oʻtish yoki kirishni taʼminlaydi. Parvozni kutish zallari harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun xordiq chiqarish joylari bilan jihozlangan. Uchib ketish / uchib kelish vaqtida, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, imkoniyati cheklangan yoʻlovchilarga yordam berish uchun masʼul aeroport xodimlari harakatlanishda, bagajni topshirishda / olishda yordam koʻrsatadi, shuningdek, uchib kelgan vaqtida yoʻlovchini mashinagacha kuzatib boradi. Uchib ketishga tayyorgarlik koʻrishda albatta biz bilan bogʻlaning va qanday shakldagi yordam zarur boʻlishi mumkinligini aniqlashtiring. Harakatlanish imkoniyati cheklangan yoʻlovchilarni tashuvga qabul qilish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror aviakompaniya tomonidan qabul qilinadi. ATR72-600 samolyotining texnik xususiyatlari tufayli kompaniya bortga faqat WCHR yo‘lovchilarini qabul qilishi mumkin. Bu samolyotga yoki samolyotdan harakatlanayotganda nogironlar aravachasiga muhtoj bo'lgan, ammo zinapoyadan ko'tarilish/tushish va salondagi o'rindig'iga o'zi yurib bora oladigan yo'lovchidir.
Ulashish: