Umumiy qoidalar
Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston aeroportlarida aviachiptalarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish jo'nab ketish vaqtidan 2 soat oldin boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtish ichki reysning joʻnash vaqtidan 30 daqiqa oldin yopiladi. Roʻyxatdan oʻtish paytida olingan bortga chiqish talonini yoʻlovchi samolyotga chiqishda skanerlash uchun taqdim etadi.
“SILK AVIA” MChJ reyslari uchun quyidagi tariflarni qo‘llash qoidalari amal qiladi.
Aviachipta — bu yoʻlovchi va aviakompaniya oʻrtasidagi yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma. Tashish narxining dastlabki hisob-kitobi oferta hisoblanmaydi. Shartnoma toʻlov amaldagi Tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq toʻliq miqdorda amalga oshirilganidan va chipta rasmiylashtirilganidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi. “SILK AVIA” MChJ chipta yoʻlovchi uchun rasmiylashtirilgunga qadar tariflarni qoʻllash shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Parvoz kuponlari chiptada koʻrsatilgan qatʼiy yoʻnalish ketma-ketligidagi parvozlar uchun joʻnash punktidan boshlab amal qiladi.
Qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish, agar bu tariflarni qoʻllash shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa:
Bronlash klassi, tarif turi, yoʻnalishi, tashuvchi, chipta amal qilish muddati oʻzgargan taqdirda, chipta qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Joʻnash sanasi yoki reys raqami oʻzgargan, tashuv yoʻnalishi va tarif turi oʻzgarmagan taqdirda, qayta bronlash amalga oshiriladi.
Chiptani qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishda yigʻim undiriladi.
Qayta rasmiylashtirish va qayta bron qilish uchun yigʻim bir xil darajada belgilangan va tarif turiga bogʻliq. Yigʻim bir marta, qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun qoʻllaniladi. Qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yigʻim dastlab rasmiylashtirilgan chipta uchun tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq, yaʼni oʻzgarishi nazarda tutilgan tarif uchun undiriladi.
ORZU PLUS – Avichipta sinfi – H; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qaytarish – 0 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, sotib olingan kundan boshlab 12 oy ichida qaytarish – 145 000 UZS.
ORZU – Avichipta sinfi – O; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qayta bron qilish – 75 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – 75 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish – 145 000 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qaytarish – 145 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, sotib olingan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – 145 000 UZS.
OMAD PLUS – Avichipta sinfi - Y; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - 190 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - 190 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - 215 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - 215 000 UZS.
OMAD – Avichipta sinfi - B; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - 215 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - 190 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - 215 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – Taqdim etilmaydi.
OSON PLUS – Avichipta sinfi - M; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 15 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.
OSON – Avichipta sinfi - K; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 10 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 145 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.
ODDIY PLUS – Avichipta sinfi - U; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – Bagajsiz; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.
ODDIY – Aviachipta klassi – L; Aviachiptaning amal qilish muddati – Nazarda tutilmagan; Qo‘l yuki – 5 kg; Bepul yuk tashishning me’yori – Bagajsiz; Parvozdan kamida 2 soat oldin aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan 2 soat oldin aviachiptani aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan keyin aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan kamida 2 soat oldin qaytarish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – Taqdim etilmaydi.
* toʻliq foydalanilmagan chipta uchun — tashuv sotilgan sanadan boshlab
* qisman foydalanilgan chipta uchun — dastlabki rasmiylashtirilgan chiptada koʻrsatilgan tashuvning boshlanish sanasidan boshlab.
Bitta chiptada bir nechta segmentlarni qayta rasmiylashtirganda, qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yigʻim qoidalarga muvofiq bir marta undiriladi. Bitta segmentni oʻzgartirishda ushbu segment uchun tariflarni qoʻllash qoidalari qoʻllaniladi.
Qayta rasmiylashtirishda tashuvni qayta hisoblash safarning boshlangʻich nuqtasidan boshlab butun yoʻnalish boʻylab yangi shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda quyidagi hisoblash qoidalari qoʻllaniladi:
- toʻliq foydalanilmagan chiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisob-kitob qayta rasmiylashtirilgan sanadagi amaldagi tariflar, yig‘imlar va valyuta kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
- qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisob-kitob tashuv sotilgan sanadagi amaldagi tariflar, yig‘imlar va valyuta kursidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Dastlabki chiptani almashtirish uchun qayd etilgan har qanday toʻliq foydalanilmagan, qayta rasmiylashtirilgan chipta uchun tashuvning amal qilish muddati tashuv boshlanishining yangi sanasidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda yangi chiptaning amal qilish muddati dastlabki chiptada koʻrsatilgan tashuv boshlangan kundan boshlab hisoblanishi zarur.
To‘lovni qaytarish, agar tariflarni qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
To‘liq yoki qisman foydalanilmagan chipta uchun to‘lovni qaytarish tashuv sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.
To‘lovni qaytarish tashuv uchun dastlabki to‘lov amalga oshirilgan valyutada amalga oshiriladi. Agar yo‘lovchi chiptani dastlabki sotib olgan joyiga qaytib kela olmasa, to‘lov yo‘lovchining ishonchli vakiliga, u qonuniy rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lgan taqdirda, yoki pulni qaytarish mumkin bo‘lgan valyutada da’vo tartibida yuzaga kelgan shart-sharoit bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tashuvni ixtiyoriy ravishda bekor qilingan taqdirda, tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq ixtiyoriy bekor qilish uchun yig‘im undiriladi. Havo tashuvidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda va foydalanilmagan aviachipta uchun pul mablag‘lari qaytarilganda, to‘langan yoqilg‘i yig‘imi summasi qaytarilmaydi.
Tashuvni zarurat yuzasidan bekor qilingan taqdirda (aviakompaniyaning aybi bilan) to‘lovni qaytarish hech qanday yig‘im undirilmagan holda amalga oshiriladi.
Toʻlovni qaytarishning asosiy shartlari:
- agar to‘lovni qaytarish to‘liq foydalanilmagan chipta bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yo‘lovchiga tashuv uchun to‘langan summa qaytarilganlik uchun jarimalar, bunday yigʻimlar tariflarni qo‘llash qoidalarida belgilangan taqdirda, chegirib tashlangan holda qaytariladi.
- agar toʻlovni qaytarish qisman foydalanilgan chipta boʻyicha amalga oshirilayotgan boʻlsa, yoʻlovchiga tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun toʻlangan summa, ushbu qaytarilgan segmentga nisbatan qoʻllaniladigan qaytarish yigʻimi chegirib tashlangan holda qaytariladi.
Bunday holatda qaytariladigan to‘lov miqdori quyidagicha shaklda hisoblanadi: foydalanilgan yo‘nalish bo‘yicha tashuv sotilgan kuni amalda bo‘lgan bir tomonlama tarif, barcha zarur jarima yigʻimlari chegirib tashlangan holda, qo‘llaniladigan tarifdan yechib olinadi. Bir tomonlama tarif eʼlon qilinmagan taqdirda, tashuv sotilgan sanada eʼlon qilingan bir tomonlama tarifning eng yuqori darajasi qoʻllaniladi.
Yo‘lovchi yoki uning birgalikda uchayotgan yaqin qarindoshlari vafot etgan taqdirda, qo‘llaniladigan tarif turidan qat’i nazar, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda, jarima to‘lovlarini chegirib tashlamasdan qaytarilishiga ruxsat etiladi.
Yuqoridagi sabablarga koʻra chiptalarni qaytarish uchun “SILK AVIA” MChJga murojaat qilish va qaytarish sababiga mos keladigan tasdiqlovchi hujjatlarga taqdim etish lozim, xususan:
1. “Parvozni bekor qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma”
2. “Tashuv xizmatlarini koʻrsatishda rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnoma”
3. Yo‘lovchining o‘limi to‘g‘risidagi guvohnoma
Muhim! ATR72-600 samolyotining texnik xususiyatlari tufayli kompaniya bortga faqat WCHR yo‘lovchilarini qabul qilishi mumkin. Bu samolyotga yoki samolyotdan harakatlanayotganda nogironlar aravachasiga muhtoj bo'lgan, ammo zinapoyadan ko'tarilish/tushish va salondagi o'rindig'iga o'zi yurib bora oladigan yo'lovchidir. Uchib ketishga tayyorgarlik koʻrishda albatta biz bilan bogʻlaning va qanday shakldagi yordam zarur boʻlishi mumkinligini aniqlashtiring. Harakatlanish imkoniyati cheklangan yoʻlovchilarni tashuvga qabul qilish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror aviakompaniya tomonidan qabul qilinadi.Chipta Narxlari Qoidalari:
- 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloq uchun (qo‘shimchao‘rindiqsiz) aviachipta narxi kattalar chipta narxining 25% ni tashkil etadi.
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) aviachipta narxi kattalar chipta narxining 75% ni tashkil etadi.
parvoz vaqtining kechiktirilishida:
- yo‘lovchilarga - ular aviachipta rasmiylashtirishda taqdim etgan telefon raqamiga va elektron pochta manzillariga SMS-xabarnomalar yuborish;
- parvozning amalga oshirilmagan qismi uchun foydalanilmagan aviachipta to‘lovlarini to‘liq qaytarilish;
- aviachiptalardagi qatnov kuni va/yoki vaqtini mavjud parvoz kuniga va/yoki vaqtiga qayta rasmiylashtirish;
- qatnov 2 soat va undan ko‘proq kechiktirilganida ichimliklar (suv, choy) bilan ta’minlash.
parvozning bekor qilinishida:
- yo‘lovchilarga - ular aviachipta rasmiylashtirishda taqdim etgan telefon raqamiga va elektron pochta manzillariga SMS-xabarnomalar yuborish;
- parvozning amalga oshirilmagan qismi uchun foydalanilmagan aviachipta to‘lovlarini to‘liq qaytarilish;
- aviachiptalardagi qatnov kuni va/yoki vaqtini mavjud parvoz kuniga va/yoki vaqtiga qayta rasmiylashtirish.
harakat jadvali rejalashtirilgan o‘zgartirilishida (ko‘chirish/bekor qilish):
- yo‘lovchilarni - aviachipta rasmiylashtirishda ular tomonidan ko‘rsatilgan telefon raqami orqali xabardor qilish (qo‘ng‘iroq);
- yo‘lovchilarga - ular aviachipta rasmiylashtirishda taqdim etgan telefon raqamiga va elektron pochta manzillariga SMS-xabarnomalar yuborish;
- parvozning amalga oshirilmagan qismi uchun foydalanilmagan aviachipta to‘lovlarini to‘liq qaytarilish;
- aviachiptalardagi qatnov kuni va/yoki vaqtini mavjud parvoz kuniga va/yoki vaqtiga qayta rasmiylashtirish.
yengib bo‘lmas kuch holatlarida muqobil aeroportga jo‘nab ketish/kelish:
- parvozning amalga oshirilmagan qismi uchun foydalanilmagan aviachipta to‘lovlarini to‘liq qaytarilish;
- aviachiptalardagi qatnov kuni va/yoki vaqtini mavjud parvoz kuniga va/yoki vaqtiga qayta rasmiylashtirish;
- aviachiptada ko‘rsatilgan aeroportgacha / aeroportdan transport bilan ta’minlash;
parvoz yo‘nalishini o‘zgartirish (zaxiradagi aeroportga qo‘nish):
- parvozning amalga oshirilmagan qismi uchun foydalanilmagan aviachipta to‘lovlarini to‘liq qaytarilish;
- aviachiptalardagi qatnov kuni va/yoki vaqtini mavjud parvoz kuniga va/yoki vaqtiga qayta rasmiylashtirish;
- belgilangan aeroportga uchish vaqtini kutish 2 soat yoki undan ko‘proq vaqtni talab etsa, ichimliklar (suv, choy, qahva) bilan ta’minlash;
- agar uchish vaqtini kutish 4 soat va undan ortiq bo‘lsa, vaziyatga qarab yo‘lovchilarni yegulik bilan ta’minlash (yengil tamaddi –buterbrodlar/pechenye/sneklar);
- agar parvoz vaqtini kutish kunduzi 12 soatdan va kechasi 6 soatdan ortiqni talab qilsa, aviakompaniya rahbariyatining qarori bilan parvozni kutish vaqtiga mehmonxona ajratiladi.
* yengib bo‘lmas kuchlar – noqulay ob-havo sharoiti (tuman, do‘l, qor, kuchli yomg‘ir va/yoki favqulodda vaziyatlar).
Eslatma:
Agar siz ixtiyoriy ravishda parvoz vaqtini o'zgartirsangiz:
- Uchish sanalarini aviachiptalarga almashtirish “Uzbekistan Airways Sales” markaziy agentligida yoki O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarining aviakassalarida.
Ixtiyoriy ravishda uchishdan bosh tortgan taqdirda:
- Foydalanilmayotgan aviachiptalar uchun to'lov faqat sotib olingan joyda (agar to'lovni qaytarish tarif qoidalarida nazarda tutilgan bo'lsa) amalga oshiriladi.
- Silk Avia elektron sahifasi orqali onlayn xarid qilingan foydalanilmagan aviachiptalar uchun pul mablag‘lari tarif turiga muvofiq, aviakompaniya veb-sayti yoki mobil ilovasidagi “Buyurtmani bekor qilish” bo‘limidagi ma’lumotlarni hamda xizmat ko‘rsatuvchi bank hisob raqamlarini yakka tartibda to‘ldirish orqali qaytariladi (Foydalanilmagan aviachipta pullarini qaytarish uchun yo‘lovchi tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish 10 ish kunida amalga oshiriladi).
Bu qanday amalga oshiriladi?
Parvozdan oldin:
• Bola jo‘nab ketish aeroportida aviakompaniya xodimiga topshiriladi.
• Ota-onalar (yoki vasiylar) aviaqatnov jo‘nab ketgunga qadar aeroport binosida qolishlari shart.
• Barcha zarur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tish ustunlarida rasmiylashtiriladi.
Kerakli hujjatlar:
• Bolaning pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
• Aviachipta (marshrut kvitansiyasi)
• Tibbiy ma’lumotnoma (agar zarurat bo‘lsa)
• “Kuzatib borilmayotgan bolani tashish uchun so‘rovnoma” va javobgarlik deklaratsiyasi (aeroportda to‘ldiriladi)
Hujjatlar UM maxsus konvertiga joylashtiriladi va bola sayohat davomida ushbu konvert bilan kuzatiladi.
Samolyotga chiqishda
Bizning xodimimiz:
1. Bolani ro‘yxatdan o‘tkazadi va yukiga UM yorlig‘ini biriktiradi
2. Uni barcha nazorat bosqichlaridan o‘tishida kuzatib boradi
3. Bolani samolyotda bortkuzatuvchiga qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan shaxsan topshiradi.
Yetib borgach:
• Silk Avia xodimi bolani kutib oladi, pasport nazoratidan o‘tish va yukni olishda yordam beradi.
• Bola faqat oldindan ko‘rsatilgan, vakolatli shaxsga hujjat asosida va imzo bilan topshiriladi.
Muhim:
Agar kutib oluvchi shaxs so‘rovda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasa, darhol ota-onalar bilan bog‘laniladi va xavfsizlik protokollariga muvofiq harakat qilinadi. Zarurat tug‘ilganda bola qaytish aviaqatnovi orqali qaytarilishi yoki tegishli xizmatlarga topshirilishi mumkin.
Buning qulayligi va xavfsizligi nimada:
• Sayohatning barcha bosqichlarida kuzatib borish
• Shaxsiy e’tibor va nazorat
• Ota-onalar uchun xotirjamlik
• Bola uchun qulaylik va ishonch
Farzandingiz butun sayohat davomida o‘zini qulay va xavfsiz his qilishi uchun biz har doim yoningizdamiz! Agar savollaringiz bo‘lsa, biz bilan +998 55 501 22 12 telefon raqami orqali bog‘laning yoki aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish ustunidagi xodimlarimizga murojaat qiling.
Aviakompaniyamiz reyslarida homilador ayollar homiladorlik davrida qarshi koʻrsatmalar va asoratlar boʻlmagan taqdirda, quyidagi shartlar va muddatlarda tashishga ruxsat beriladi:
| Homiladorlik muddati | Bitta bola kutilmoqda | Birdan ortiq bola kutilmoqda |
| 1–31-hafta | Parvozga ruxsat beriladi | Parvozga ruxsat beriladi |
| 32–35-hafta | Parvozga ruxsat beriladi | Tashishga ruxsat berilmaydi |
| 35-haftadan ortiq | Tashishga ruxsat berilmaydi | Tashishga ruxsat berilmaydi |
-
Reysga roʻyxatdan oʻtishda homilador yoʻlovchi homiladorlik muddatini hamda homiladorlik bir homilali yoki koʻp homilali ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.
-
Homiladorlik muddati 28 hafta va undan ortiq boʻlgan homilador yoʻlovchilar roʻyxatdan oʻtish stoli oldida agentga yoki aviakompaniya vakiliga shifokor tomonidan imzolangan hamda parvozga qarshi koʻrsatmalar yoʻqligi haqida ishonchli ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan amaldagi tibbiy hujjatni (ma'lumotnoma, tibbiy kitobcha, koʻrik va/yoki tekshiruv natijalari boʻyicha akusher-ginekolog xulosasi va h.k.) taqdim etishlari shart.
-
Homiladorlik muddatini va parvozga qarshi koʻrsatmalar yoʻqligini tasdiqlovchi tibbiy hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yoʻlovchi tegishli majburiyatnomani toʻldirishi va imzolashi kerak.
-
Tibbiy hujjat chiptada koʻrsatilgan uchish sanasidan koʻpi bilan 7 kun oldin rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Jadvalda koʻrsatilgan tashishga ruxsat berish muddatlaridan oshib ketgan taqdirda, homiladorlikning normal kechishi va asoratlar yoʻqligini tasdiqlovchi amaldagi tibbiy hujjatlar mavjud boʻlganda ham homilador ayollar "Silk Avia" reyslarida tashishga qabul qilinmaydi.
Kelajakdagi onalar uchun sayohat davomida oʻzlarini xavfsiz va qulay his qilishlariga yordam beradigan bir nechta maslahatlar:
-
Homiladorlik paytida samolyotda sayohat qilish uchun eng maqbul vaqt ikkinchi trimestr, ya'ni 13-haftadan 28-haftagacha boʻlgan davr hisoblanadi. Agar parvoz homiladorlikning keyingi bosqichlarida rejalashtirilgan boʻlsa, boradigan manzilingizda qayerdan tibbiy yordam olishingiz mumkinligi haqida oldindan oʻylab qoʻying.
-
Parvozdan oldin shifokoringizga murojaat qiling va parvoz vaqtidagi xulq-atvor boʻyicha tavsiyalar oling. Yodda tutingki, agar yoʻlovchining jismoniy holati uning xavfsizligiga xavf tugʻdirsa, ekipajning xizmat vazifalarini bajarishiga xalaqit bersa, shuningdek, reysni amalga oshirishda yoʻlovchining oʻzi va atrofidagilar uchun bartaraf etib boʻlmaydigan noqulayliklar va xavflarni keltirib chiqarsa, aviakompaniya uni tashishni rad etishi mumkin.
-
Imkoni boricha, hamrohlaringiz bilan birga sayohat qiling.
Chaqaloqlarni tashishga qabul qilish
Sogʻlom chaqaloqlar kamida 7 kunlik yoshda tashishga qabul qilinadi. 7 kunlik yoshga yetmagan chaqaloqlar, shuningdek, inkubatorlarda / oʻpkani sun'iy shamollatish bokslarida tashiladigan bolalar "Silk Avia" reyslarida tashishga qabul qilinmaydi.
RU
EN