Hayvonlar va o‘simliklarni tashish
Hayvonlar va qushlarni tashishga veterinariya nazorati organlarining tegishli sertifikatlari va ruxsatnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi. Hayvonlar va qushlarni tashish ruxsat etilgan bagaj normasiga kiritilmaydi va ortiqcha yuk uchun tarif (tariflarni ko‘rsatib o‘tish lozim) bo‘yicha to‘lanadi. Havo kemasining yo‘lovchi kabinasida quyidagilarni tashishga ruxsat beriladi:
— itlar, mushuklar, maymunlar, qushlar va konteyner (qafas) bilan birga vazni 8 kg dan oshmasligi kerak bo‘lgan boshqa kichik jonivorlar. Ushbu normadan oshgan taqdirda, hayvonlar havo kemasining bagaj qismida tashiladi.
— Ko‘r va kar yo‘lovchilarning yo‘lboshchi itlari uchun vazn va bagaj normasidan oshganlik uchun to‘lovlar bo‘yicha cheklovlar amal qilmaydi. Bunda hayvonlarda bo‘yinbog‘ va burundiq mavjud bo‘lishi hamda yo‘lovchi sog‘lig‘i haqida tegishli guvohnomani taqdim etishi shart.
RU
EN