"Silk Avia" aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkentda kutib olindi

"Silk Avia" aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkentda kutib olindi

2 may 2023
An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Perronda bort va ekipajni Uzbekistan Airports va Silk Avia kompaniyasi vakillari kutib olishdi. Bu Bangkok Airways aviakompaniyasidan sotib olingan uchta ATR 72-600 samolyotlarining eng oxirgisi. Birinchi ikkita samolyot singari, ushbu samolyot ham Bangkokdan Toshkentga oltita to‘xtash bilan — Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjon orqali uchgan. Yaqin kunlarda samolyot korporativ libosga “kiyinadi” va amaldagi jadvalga muvofiq muntazam reyslarga kiritiladi. Eslatib o'tamiz, 25 apreldan Silk Avia O'zbekiston shaharlariga parvozlarni amalga oshira boshladi. Parvozlarning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, aviatashuvchi oʻzini nafaqat poytaxtni hududlar bilan, balki hududlarni ham oʻzaro bogʻlovchi birinchi mintaqaviy loukoster aviakompaniya sifatida namoyon etmoqda.
Ulashish: