
Faoliyatining birinchi oyida Silk Avia 12 000 dan ortiq yo'lovchini o'z manziliga eltib qo'ydi
5 iyun 2023
25-aprel kuni Silk Avia birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi respublika shaharlariga parvozlarni boshladi. Birinchi oyda aviatashuvchi 10 ta yo‘nalishni qamrab oldi va 330 ta reysda 12 000 dan ortiq yo‘lovchini tashidi. Har bir reys bo‘yicha o‘rtacha tijorat yuklamasi 60 foizdan ortiqni tashkil etdi, bu aviakompaniyaning birinchi oydagi parvozlari uchun yuqori ko‘rsatkichdir. Uchta ATR-72 600 samolyotlarining umumiy parvoz vaqti 322 soatni tashkil qildi.
Silk Avia yo‘lovchilarining aksariyati O‘zbekiston fuqarolaridir. Shuningdek, birinchi beshlikka Rossiya, Isroil, Qozog‘iston va Turkiya fuqarolari kirgan.
Jinsga ko'ra, erkak yo'lovchilar ayollarga nisbatan ko'proq. Yoshiga ko'ra, eng kichik yo'lovchi 3 haftalik chaqaloq, eng kattasi esa 91 yoshli ayol edi.
Birinchi oyda aviakompaniya o‘zining yaqqol muxlislariga ega bo‘ldi — bir yo‘lovchi Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir oyda 10 marta, ikkinchisi Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 9 marta parvoz qildi.
Takidlash joiz, 1-iyundan aviatashuvchi yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi: Silk Avia Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘ladi, shuningdek, Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga reyslarni amalga oshira boshladi.
Eslatib o'tamiz, aviakompaniya parametrlari va narxi bo'yicha farq qiluvchi uchta tarifga ega. Eng qulay ODDIY tarifi yengil sayohatlar uchun ideal yechim. Chipta narxiga 5 kg qoʻl yuki kiradi (bagaj maxsus oʻlchamga mos kelishi kerak — 40cm x 30cm x 20cm), bagaj, pulni qaytarish va chiptalarni qayta bron qilish chipta narxiga kirmaydi. OSON tarifida ham chipta qaytarilmaydi, lekin uni qayta bron qilish va 10 kg gacha qo'shimcha yuk olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifida 20 kg gacha yuk olish, qayta bron qilish va minimal jarimalar bilan chiptani qaytarish mumkin.
Aviakompaniya tariflari va xizmatlari bilan www.silk-avia.com rasmiy veb-saytida batafsil tanishishingiz yoki +99855 501-22-12 telefon raqami orqali call-markaz operatorlariga murojaat qilishingiz mumkin.
RU
EN