“Uzbekistan Helicopters” MChJda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha mutaxassis

Majburiyatlar

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, turli xil bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyruqlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini hisoblash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Yagona deklaratsiyalash (ED-1) tizimiga ma’lumotlarni kiritish;
  • Tovarlarni deklaratsiyalash masalalari bo‘yicha bojxona organlari bilan hamkorlik qilish;
  • Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish;
  • Hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Jamoada ishlay olish, kirishimli, nizolarga moyil bo‘lmagan, ijro intizomiga rioya qiladigan va stressga chidamli bo‘lish
  • Bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish.

Talablar

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Ma’lumoti: oliy ma’lumot.
  • Til bilimi: o‘zbek, rus va ingliz tillarini o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur darajada bilish.
  • Boshqa bilim va ko‘nikmalar: bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish sohasida belgilangan dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lish. Kompyuterda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
    Shaxsiy fazilatlar:
  • Mas’uliyatlilik va e’tiborlilik;
  • O‘zini o‘zi intizomga rioya qilish, punktuallik;
  • Aviakompaniya xodimlari bilan muloqotda xushmuomalalik va to‘g‘rilik;
  • Stressli va nostandart vaziyatlarda ishlash qobiliyati;
  • Ozoda tashqi ko‘rinish, muomala madaniyati.
    Nomzod quyidagilarga ega bo‘lmasligi kerak:
  • Sudlanganlik;
  • Avvalgi ish joylarida mehnat intizomini buzganlik holatlari (imkon qadar tavsifnoma bilan tasdiqlanadi).

Shartlar

  • Rasmiy ishga qabul qilish;
  • Besh kunlik ish haftasi;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.
Ko‘rib chiqish uchun rezyumelar quyidagi elektron manzilga yuboriladi: jobs.uh@uzairways.com

Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3WDLmw

Ish e'lonini joylashtirish sanasi 30.09.2026
Ulashish: