“Uzbekistan Helicopters” MChJ aviakompaniyasida (Silk Avia brendi) foydalaniladigan havo kemasi sardori
Talablar
- Uchuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha:
- amaldagi tijorat aviatsiyasi uchuvchisi litsenziyasiga ega bo‘lishi;
- amaldagi ME-IR malaka qaydlariga ega bo‘lishi;
- umumiy parvoz vaqti — kamida 150 soat;
- 1-darajali TUEKning amaldagi tibbiy ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi;
- ingliz tilini bilish darajasi — ICAO Level 4 dan kam bo‘lmasligi;
- yoshi — 42 yoshgacha.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Nomzodlar elektron shaklda (PDF formatda) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- aviatsiyada uchuvchilik lavozimiga ishga joylashish uchun to‘ldirilgan nomzod rezyumesi (shakli ilova qilinadi);
- ATPL nazariy tayyorgarligidan o‘tganligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi;
- harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnoma;
- amaldagi ME-IR malaka qaydlariga ega tijorat aviatsiyasi uchuvchisi litsenziyasi;
- 1-darajali TUEKning amaldagi tibbiy ma’lumotnomasi;
- ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat — ICAO Level 4 dan kam bo‘lmagan;
- parvoz vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Shartlar
- Nomzodlarni tanlash tartibi:
- rezyumelarni saralash va dastlabki o‘rganish.
- test sinovlari.
- korxona tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokidagi suhbat.
- nomzod hujjatlarini tegishli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborish.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Nomzodlarni saralash va tanlash jarayoni Toshkent shahrida o‘tkaziladi
Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 16-oktabrgacha qabul qilinadi.
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 17.09.2026
RU
EN