Avtobus haydovchisi

Majburiyatlar

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, jumladan:
  • O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
  • Avtobusning texnik ekspluatatsiya asoslari, transport vositasining tuzilishi va kundalik texnik ko‘rik tartibini bilish;
  • Turli yo‘l va ob-havo sharoitlarida, jumladan, aeroport hududida avtobusni xavfsiz boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Yo‘lovchi tashishni tashkil etish tartibi, yo‘lovchilarni tushirish/chikarish me’yorlari va xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilish;
  • Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
  • Yo‘l-transport hodisalari vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Dispetcherlar, transport ta’minoti va aviatsiya xavfsizligi xizmatlari bilan hamkorlikda ishlay olish;
  • Harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf eta olish.

Talablar

  • Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
  • Ma’lumoti: Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
  • Til bilish darajasi: Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur darajada o‘zbek va rus tillarini bilish.
  • Boshqa bilim va ko‘nikmalar:
  • “Avtomobil haydovchisi” kasbi bo‘yicha D toifa bo‘yicha professional tayyorgarlik (belgilangan namunadagi guvohnoma);
  • Amaldagi B, C, D toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • Malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • D toifali avtobus haydovchisi sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • Yo‘lovchi tashish tajribasi: korxonalar, aeroportlar, mehmonxonalar yoki turistik kompaniyalar transport xizmatida ishlagan bo‘lishi afzal;
  • Majburiy dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart.
  • Kalit ko‘nikmalar:
  • Mas’uliyat va diqqatlilik;
  • O‘zini tutish intizomi, punktuallik;
  • Yo‘lovchilar va aviakompaniya xodimlari bilan muomala qilishda xushmuomalalik va hurmat;
  • Stressli va noan’anaviy vaziyatlarda ishlay olish qobiliyati;
  • Ozoda tashqi ko‘rinish, madaniyatli muloqot;
  • Smenali ish jadvalidа, jumladan tungi va dam olish kunlaridagi ishga tayyorlik.

Shartlar

  • Rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga qabul qilish;
  • Smenali ish jadvali;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy.
  • Ko‘rib chiqish uchun rezyumelar quyidagi elektron manzilga yuboriladi: jobs.uh@uzairways.com

    Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh

    Ish e'lonini joylashtirish sanasi 19.11.2025
Ulashish: