Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya texnigi

Majburiyatlar

    Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
  • fuqarolik aviatsiyasi havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
  • ekspluatatsion, texnik va ta’mirlash hujjatlarini bilish;
  • ATR 72-600, L-410, Airbus H125/H130 turdagi havo kemalari konstruktsiyasi, agregatlari, tizimlari, komponentlari va olinadigan maxsus uskunalarini bilish;
  • aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va texnologiyasini bilish;
  • texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida nazorat qilinadigan, havo kemasining sozligi, ishga yaroqliligi va to‘g‘ri ishlashini tavsiflovchi parametrlarni bilish;
  • aviatsiya texnikasidan foydalanishda qo‘llaniladigan yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus suyuqliklar va gazlardan foydalanish tartibini bilish;
  • havo kemalari va aviatsiya texnikasining texnik holatini mustaqil ravishda aniqlay olish;
  • nosozlik va rad etishlarning sabablarini aniqlash hamda ularni ekspluatatsion hujjatlar va tasdiqlangan texnologik ko‘rsatmalarga muvofiq bartaraf eta olish;

Talablar

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
  • Ma’lumoti: Fuqarolik aviatsiyasi sohasida o‘rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot.
    Qo‘shimcha talablar:
  • vaqtinchalik aerodromlarda ishlash va xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
  • mehnat muhofazasi, aviatsiya va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga rioya qilishga tayyor bo‘lish;
  • parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (PHBT/SMS) talablariga rioya qilish;
  • malakani muntazam oshirib borish va zarur kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish;
  • o‘zbek va rus tillarini erkin bilish;
  • ingliz tilini texnik hujjatlar bilan ishlash darajasida bilish.
    Shaxsiy fazilatlar:
  • yuqori mas’uliyatlilik;
  • intizomlilik;
  • diqqatlilik;
  • o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qila olish;
  • murakkab ishlab chiqarish sharoitlarida ishlashga tayyorlik.

Shartlar

  • rasmiy ishga joylashish;
  • barqaror ish haqi;
  • zamonaviy aviatsiya kompaniyasida ishlash;
  • kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.
  • Sinov muddati: 3 oy.
    Nomzodlarni tanlash tartibi:
  1. rezyumelarni saralash va dastlabki o‘rganish.
  2. test sinovlari.
  3. korxona tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokidagi suhbat.
  4. nomzod hujjatlarini tegishli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborish.
Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. Rezyume va hujjatlar PDF formatida quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim: jobs.uh@uzairways.com

Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Nomzodlarni saralash va tanlash jarayoni Toshkent shahrida o‘tkaziladi
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 23.06.2026
Ulashish: