ATR72-600 havo kemasi Komandiri
Talablar
- Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi.
- Ma’lumot: Fuqaro yoki harbiy aviatsiya uchuvchisi bo‘yicha oliy aviatsion ma’lumot.
- Uchuvchilik bo‘yicha talablar:
- ATR72-600 havo kemasi uchun amaldagi ruxsatnoma;
- Amaldagi fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi (ATPL);
- Amaldagi tibbiy sertifikat;
- ICAO tizimi bo‘yicha ingliz tili darajasi 4 va undan yuqori (amal qilish muddati kamida 6 oy);
- Ariza topshirilgan vaqtda shu turdagi havo kemasida (HK) ushbu lavozim bo‘yicha parvoz faoliyatida uzilish 9 (to‘qqiz) oydan oshmagan bo‘lishi;;
- ATR72-600 turida parvoz soati: Havo kemasi sardori (HKS) uchun – kamida 1500 soat;
- Vakolatli organdan guvohnomaning legitimligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Yosh: 50 yoshgacha.
- Til bilimi:
- davlat tili – o‘zbek tili
- rus va ingliz tillarini ekipaj vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada bilishi
- Elektron shaklda (PDF) taqdim etiladigan hujjatlar::
- Lavozimga nomzod uchun rasmiy tarzda tuzilgan rezyume (ilova qilinadi);
- TUEK (VLEK)ning uchuvchilikka yaroqlilik xulosasi;
- Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi;
- Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari, o‘zlashtirilgan HK turlari va boshqalar;
- Asboblar bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat (Instrument Rating);
- Mehnat daftarchasidan parvoz tajribasini tasdiqlovchi ko‘chirma;
- ICAO til bilimi bo‘yicha 4 va undan past bo‘lmagan darajani tasdiqlovchi sertifikat;
- Harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasi;
- jinoyat sodir etilmaganligi haqidagi ma’lumotnoma;
- hodisalar mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma;
- so‘nggi 12 oy uchun tasdiqlangan “Logbook” ning nus’hasi.
- Kalit ko‘nikmalar:
- Mas’uliyat va diqqatlilik;
- O‘zini o‘zi tartibga solish, aniqlik (punktuallik);
- Yo‘lovchilar va aviakompaniya xodimlari bilan muloqotda xushmuomalalik;
- Stressli va g‘ayrioddiy vaziyatlarda ishlay olish qobiliyati;
- Ozoda tashqi ko‘rinish, muomala madaniyati.
Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Shartlar
- Maosh: shtat jadvali va “Uzbekistan Helicopters” MChJ ATR72-600 uchuvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq.
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Sinov muddati: 3 oy.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 02.12.2025
RU
EN