Umumiy qoidalar

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston aeroportlarida aviachiptalarni roʻyxatdan oʻtkazish va bagajni rasmiylashtirish jo'nab ketish vaqtidan 2 soat oldin boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtish ichki reysning joʻnash vaqtidan 30 daqiqa oldin yopiladi. Roʻyxatdan oʻtish paytida olingan bortga chiqish talonini yoʻlovchi samolyotga chiqishda skanerlash uchun taqdim etadi.

“SILK AVIA” MChJ reyslari uchun quyidagi tariflarni qo‘llash qoidalari amal qiladi.

Aviachipta — bu yoʻlovchi va aviakompaniya oʻrtasidagi yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma. Tashish narxining dastlabki hisob-kitobi oferta hisoblanmaydi. Shartnoma toʻlov amaldagi Tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq toʻliq miqdorda amalga oshirilganidan va chipta rasmiylashtirilganidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi. “SILK AVIA” MChJ chipta yoʻlovchi uchun rasmiylashtirilgunga qadar tariflarni qoʻllash shartlariga oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Parvoz kuponlari chiptada koʻrsatilgan qatʼiy yoʻnalish ketma-ketligidagi parvozlar uchun joʻnash punktidan boshlab amal qiladi.

Qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish, agar bu tariflarni qoʻllash shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa:

Bronlash klassi, tarif turi, yoʻnalishi, tashuvchi, chipta amal qilish muddati oʻzgargan taqdirda, chipta qayta rasmiylashtirilishi lozim.

Joʻnash sanasi yoki reys raqami oʻzgargan, tashuv yoʻnalishi va tarif turi oʻzgarmagan taqdirda, qayta bronlash amalga oshiriladi.

Chiptani qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilishda yigʻim undiriladi.

Qayta rasmiylashtirish va qayta bron qilish uchun yigʻim bir xil darajada belgilangan va tarif turiga bogʻliq. Yigʻim bir marta, qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun qoʻllaniladi. Qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yigʻim dastlab rasmiylashtirilgan chipta uchun tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq, yaʼni oʻzgarishi nazarda tutilgan tarif uchun undiriladi.

ORZU PLUS – Avichipta sinfi – H; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qaytarish – 0 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, sotib olingan kundan boshlab 12 oy ichida qaytarish – 145 000 UZS.

ORZU – Avichipta sinfi – O; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish – 0 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qayta bron qilish – 75 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – 75 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish – 145 000 UZS; Parvozga 2 soatdan kam vaqt qolganda chiptani qaytarish – 145 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, sotib olingan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – 145 000 UZS.

OMAD PLUS – Avichipta sinfi - Y; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg ; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - 190 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - 190 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - 215 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - 215 000 UZS.

OMAD – Avichipta sinfi - B; Aviachiptaning amal qilish muddati – 3 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 20 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - 215 000 UZS; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - 190 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - 215 000 UZS; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – Taqdim etilmaydi.

OSON PLUS – Avichipta sinfi - M; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 15 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.

OSON – Avichipta sinfi - K; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – 10 kg; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 75 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 145 000 UZS; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.

ODDIY PLUS – Avichipta sinfi - U; Aviachiptaning amal qilish muddati – 1 oy; Qo‘ly yuki – 5 kg; Bagaj tashish me’yorlari – Bagajsiz; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - 115 000 UZS; Parvozdan 2 soat oldin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan keyin chiptani qayta bron qilish - Taqdim etilmaydi; Parvozdan kamida 2 soat oldin chiptani qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish - Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish - Taqdim etilmaydi.

ODDIY – Aviachipta klassi – L; Aviachiptaning amal qilish muddati – Nazarda tutilmagan; Qo‘l yuki – 5 kg; Bepul yuk tashishning me’yori – Bagajsiz; Parvozdan kamida 2 soat oldin aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan 2 soat oldin aviachiptani aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Parvozdan keyin aviachiptani qayta bron qilish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan kamida 2 soat oldin qaytarish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan 2 soat oldin qaytarish – Taqdim etilmaydi; Chiptani jo‘nashdan keyin, chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida qaytarish – Taqdim etilmaydi.

* toʻliq foydalanilmagan chipta uchun — tashuv sotilgan sanadan boshlab

* qisman foydalanilgan chipta uchun — dastlabki rasmiylashtirilgan chiptada koʻrsatilgan tashuvning boshlanish sanasidan boshlab.

Bitta chiptada bir nechta segmentlarni qayta rasmiylashtirganda, qayta rasmiylashtirish yoki qayta bron qilish uchun yigʻim qoidalarga muvofiq bir marta undiriladi. Bitta segmentni oʻzgartirishda ushbu segment uchun tariflarni qoʻllash qoidalari qoʻllaniladi.

Qayta rasmiylashtirishda tashuvni qayta hisoblash safarning boshlangʻich nuqtasidan boshlab butun yoʻnalish boʻylab yangi shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda quyidagi hisoblash qoidalari qoʻllaniladi:

  • toʻliq foydalanilmagan chiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisob-kitob qayta rasmiylashtirilgan sanadagi amaldagi tariflar, yig‘imlar va valyuta kurslaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
  • qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda qayta hisob-kitob tashuv sotilgan sanadagi amaldagi tariflar, yig‘imlar va valyuta kursidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Dastlabki chiptani almashtirish uchun qayd etilgan har qanday toʻliq foydalanilmagan, qayta rasmiylashtirilgan chipta uchun tashuvning amal qilish muddati tashuv boshlanishining yangi sanasidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Qisman foydalanilgan chiptani qayta rasmiylashtirishda yangi chiptaning amal qilish muddati dastlabki chiptada koʻrsatilgan tashuv boshlangan kundan boshlab hisoblanishi zarur.

To‘lovni qaytarish, agar tariflarni qo‘llash shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:

To‘liq yoki qisman foydalanilmagan chipta uchun to‘lovni qaytarish tashuv sotilgan mamlakatda amalga oshiriladi.

To‘lovni qaytarish tashuv uchun dastlabki to‘lov amalga oshirilgan valyutada amalga oshiriladi. Agar yo‘lovchi chiptani dastlabki sotib olgan joyiga qaytib kela olmasa, to‘lov yo‘lovchining ishonchli vakiliga, u qonuniy rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lgan taqdirda, yoki pulni qaytarish mumkin bo‘lgan valyutada da’vo tartibida yuzaga kelgan shart-sharoit bo‘yicha amalga oshiriladi.

Tashuvni ixtiyoriy ravishda bekor qilingan taqdirda, tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq ixtiyoriy bekor qilish uchun yig‘im undiriladi. Havo tashuvidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda va foydalanilmagan aviachipta uchun pul mablag‘lari qaytarilganda, to‘langan yoqilg‘i yig‘imi summasi qaytarilmaydi.

Tashuvni zarurat yuzasidan bekor qilingan taqdirda (aviakompaniyaning aybi bilan) to‘lovni qaytarish hech qanday yig‘im undirilmagan holda amalga oshiriladi.

Toʻlovni qaytarishning asosiy shartlari:

- agar to‘lovni qaytarish to‘liq foydalanilmagan chipta bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yo‘lovchiga tashuv uchun to‘langan summa qaytarilganlik uchun jarimalar, bunday yigʻimlar tariflarni qo‘llash qoidalarida belgilangan taqdirda, chegirib tashlangan holda qaytariladi.

- agar toʻlovni qaytarish qisman foydalanilgan chipta boʻyicha amalga oshirilayotgan boʻlsa, yoʻlovchiga tashuvning foydalanilmagan segmenti uchun toʻlangan summa, ushbu qaytarilgan segmentga nisbatan qoʻllaniladigan qaytarish yigʻimi chegirib tashlangan holda qaytariladi.

Bunday holatda qaytariladigan to‘lov miqdori quyidagicha shaklda hisoblanadi: foydalanilgan yo‘nalish bo‘yicha tashuv sotilgan kuni amalda bo‘lgan bir tomonlama tarif, barcha zarur jarima yigʻimlari chegirib tashlangan holda, qo‘llaniladigan tarifdan yechib olinadi. Bir tomonlama tarif eʼlon qilinmagan taqdirda, tashuv sotilgan sanada eʼlon qilingan bir tomonlama tarifning eng yuqori darajasi qoʻllaniladi.

Yo‘lovchi yoki uning birgalikda uchayotgan yaqin qarindoshlari vafot etgan taqdirda, qo‘llaniladigan tarif turidan qat’i nazar, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda, jarima to‘lovlarini chegirib tashlamasdan qaytarilishiga ruxsat etiladi.

Yuqoridagi sabablarga koʻra chiptalarni qaytarish uchun “SILK AVIA” MChJga murojaat qilish va qaytarish sababiga mos keladigan tasdiqlovchi hujjatlarga taqdim etish lozim, xususan:

1. “Parvozni bekor qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma”

2. “Tashuv xizmatlarini koʻrsatishda rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnoma”

3. Yo‘lovchining o‘limi to‘g‘risidagi guvohnoma

Muhim! ATR72-600 samolyotining texnik xususiyatlari tufayli kompaniya bortga faqat WCHR yo‘lovchilarini qabul qilishi mumkin. Bu samolyotga yoki samolyotdan harakatlanayotganda nogironlar aravachasiga muhtoj bo'lgan, ammo zinapoyadan ko'tarilish/tushish va salondagi o'rindig'iga o'zi yurib bora oladigan yo'lovchidir. Uchib ketishga tayyorgarlik koʻrishda albatta biz bilan bogʻlaning va qanday shakldagi yordam zarur boʻlishi mumkinligini aniqlashtiring. Harakatlanish imkoniyati cheklangan yoʻlovchilarni tashuvga qabul qilish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror aviakompaniya tomonidan qabul qilinadi.

Chipta Narxlari Qoidalari:
  • 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloq uchun (qo‘shimchao‘rindiqsiz) aviachipta narxi kattalar chipta narxining 25% ni tashkil etadi.
  • 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) aviachipta narxi kattalar chipta narxining 75% ni tashkil etadi.

Ulashish: