Hamrohsiz bolalar tashuvi
Silk Avia 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan, ota-onasi yoki qonuniy vakilisiz sayohat qilayotgan bolalar uchun kuzatuv xizmatini taklif etadi. Biz parvozning barcha bosqichlarida – ro‘yxatdan o‘tishdan tortib, yakuniy manzildagi aeroportda kutib oluvchiga topshirishgacha – to‘liq xavfsizlik, e’tibor va g‘amxo‘rlikni ta’minlaymiz.
Bu qanday amalga oshiriladi?
Parvozdan oldin:
• Bola jo‘nab ketish aeroportida aviakompaniya xodimiga topshiriladi.
• Ota-onalar (yoki vasiylar) aviaqatnov jo‘nab ketgunga qadar aeroport binosida qolishlari shart.
• Barcha zarur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tish ustunlarida rasmiylashtiriladi.
Kerakli hujjatlar:
• Bolaning pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
• Aviachipta (marshrut kvitansiyasi)
• Tibbiy ma’lumotnoma (agar zarurat bo‘lsa)
• “Kuzatib borilmayotgan bolani tashish uchun so‘rovnoma” va javobgarlik deklaratsiyasi (aeroportda to‘ldiriladi)
Hujjatlar UM maxsus konvertiga joylashtiriladi va bola sayohat davomida ushbu konvert bilan kuzatiladi.
Samolyotga chiqishda
Bizning xodimimiz:
1. Bolani ro‘yxatdan o‘tkazadi va yukiga UM yorlig‘ini biriktiradi
2. Uni barcha nazorat bosqichlaridan o‘tishida kuzatib boradi
3. Bolani samolyotda bortkuzatuvchiga qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan shaxsan topshiradi.
Yetib borgach:
• Silk Avia xodimi bolani kutib oladi, pasport nazoratidan o‘tish va yukni olishda yordam beradi.
• Bola faqat oldindan ko‘rsatilgan, vakolatli shaxsga hujjat asosida va imzo bilan topshiriladi.
Muhim:
Agar kutib oluvchi shaxs so‘rovda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasa, darhol ota-onalar bilan bog‘laniladi va xavfsizlik protokollariga muvofiq harakat qilinadi. Zarurat tug‘ilganda bola qaytish aviaqatnovi orqali qaytarilishi yoki tegishli xizmatlarga topshirilishi mumkin.
Buning qulayligi va xavfsizligi nimada:
• Sayohatning barcha bosqichlarida kuzatib borish
• Shaxsiy e’tibor va nazorat
• Ota-onalar uchun xotirjamlik
• Bola uchun qulaylik va ishonch
Farzandingiz butun sayohat davomida o‘zini qulay va xavfsiz his qilishi uchun biz har doim yoningizdamiz! Agar savollaringiz bo‘lsa, biz bilan +998 55 501 22 12 telefon raqami orqali bog‘laning yoki aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish ustunidagi xodimlarimizga murojaat qiling.

RU
EN